
“Chelsi” supertransferni hal qildi
Sport Witness nashrining xabar berishicha, “Chelsi” mutasaddilari Frantsiya terma jamoasi Usmon Dembeleni Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan. Manba tomonlar dastlabki keliguvga erishganini yozmoqda.
Dembele “Borussiya” safida Tomas Tuxel qo‘l ostida to‘p tepgan. Germaniyalik mutaxassis “Barselona” bilan shartnomasi yakunlanayotgan o‘yinchini “Chelsi”da ko‘rmoqchi.
Klub xo‘jayini Roman Abramovich frantsiyalik hujumkor futbolchining talablari katta ekanini inobatga olib, bu transferga qarshi chiqqandi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Dembele maoshi pasayishiga rozilik berganidan keyin tomonlar hamkorlik bo‘yicha o‘zaro bir to‘xtamga kela boshlagan.
Fikrlar