
"Chelsi" sobiq ustozi Afrika terma jamoasini boshqaradi
Avram Grant Zambiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 67 yoshli isroillik mutaxassis Zambiya futbol federatsiyasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi va uni bir yilga uzaytirishi ham mumkin.
Ushbu lavozimda Grant jamoani oktyabr oyida tark etgan Alyosha Asanovich o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Grantning oxirgi ish joyi Gana terma jamoasi bo‘lgan (2014 yildan 2017 yilgacha). Avvalroq u «Chelsi», «Portsmut», «Vest Xem» va «Partizan» klublarini ham boshqargan. Londonliklar safida 2007-2008 yillarda faoliyat olib borgan.
Fikrlar