“Chelsi” qimmat transferini arzonga pullamoqchi. Da’vogarlar etarlicha

  • 26 iyul, 2022, 13:11
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Timo Verner yangi mavsum faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Yuventus" germaniyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turin klubi Alvaro Morata ketganidan keyin Dushan Vlaxovich uchun sherik qidirmoqda. Verner esa ushbu o‘rin uchun mos futbolchi sifatida ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Timo Germaniya Bundesligasiga qaytish ehtimoli ham inkor etilmayapti. Futbolchiga “Leyptsig”dan ham qiziqish bo‘lmoqda.

Hujumchi Angliya Premer ligasining yakuniga etgan mavsumida 21 o‘yin o‘tkazib, atigi 4 ta gol urgan. Uning London klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.

“Transfermarkt” portali Germaniya terma jamoasi futbolchisini 35 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Verner "Chelsi"ga 2020 yilda "Leyptsig"dan o‘tgan edi. “Aristokratlar” futbolchi uchun “buqalar”ga 60 million evro to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaxzod1223
26/07/2022 13:27
Italiyaga o'tsa avalgi darajasiga qaytishi mumkin