"Chelsi" MYu qiziqish bildirgan futbolchini ilib ketishi mumkin

  • 23 aprel, 19:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chelsi" "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti' bilan birga "Portu" darvozaboni Diogu Koshtaga qiziqmoqda. 25 yoshli portugaliyalik posbon klubning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Bu haqida "Teamtalk" nashri xabar bermoqda.

Koshtani sotib olish uchun 75 mln evro to‘lov kerak, ammo "Portu" 5-10 mln evro chegirmaga rozi bo‘lishi mumkin. Londonliklar o‘tgan yozda ham uni olishga urinishgan, ammo keyinchalik "Vilyarreal»"dan Filip Yorgansenni olishgan. Portugaliyalik futbolchining bu mavsumdagi yanada ishonchli harakati Angliya Premer-ligasining bir nechta top klublarining qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, "Chelsi" arzonroq variant sifatida "Milan" darvozaboni Mayk Menyanga ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!