
"Chelsi" muxlislari uchun ajoyib xushxabar! Super transferga bir qadam qoldi (FOTO)
Londonning "Chelsi" klubi “Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutinoning transferi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” ustozi Frenk Lempard braziliyalik futbolchi jamoa tarkibini kuchaytira olishiga ishonadi.
Bundan avvalroq, “Chelsi” Koutinoni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi ekani, “Barselona” esa uni sotib olish sharti bilan ijaraga bermoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
27 yoshli Koutino joriy mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazmoqda. U bu mavsum 32 ta o‘yinda ishtirok etdi va 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar