
"Chelsi" Mendini xarid qilishga yaqin turibdi
"Renn" darvozaboni Eduar Mendi faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.
28 yoshli posbonning transferi bo‘yicha, London klubi va frantsiyaliklar o‘rtasida kechayotgan muzokara so‘ngi bosqichda, deya xabar bermoqda Goal.com jurnalisti Kevin Palmer.
Bir necha kun ilgari, "Chelsi" "Ayaks" darvozaboni Andre Onana va PSJ posboni Alfons Areolya xizmatlariga qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar