“Chelsi” Mbappe va “Real” muzokarasi barbod bo‘lishini kutyapti

  • 12 dekabr, 2023, 16:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Maurisio Pochettino “Chelsi”ga Kilian Mbappeni olib kelmoqchi. Argentinalik mutaxassis frantsiyalik hujumchiga PSJda ustozlik qilgan.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Kilian Mbappega asosiy da’vogar bo‘lgan “Real” mutasaddilari futbolchi vakillari bilan 15 yanvarda muzokara o‘tkazishni belgilagan.

Ana shu uchrashuv ko‘p masalaga oydinlik kiritishi kutilmoqda. Agar tomonlar bir to‘xtamga kela olmasa, “Chelsi” Mbappeni muzokaralar stoliga taklif qiladi.

“Asritokratlar” qimmatbaho futbolchini olish uchun o‘z tarkibidan bir necha o‘yinchilarni sotib yuborishga tayyor ekanini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!