
“Chelsi” Konferensiyalar ligasini yutib, tarixga kirdi
Xabringiz bor, Konferentsiyalar ligasi finalida “Chelsi” “Betis”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Enzo Mareska shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng Evropa klublari orasida noyob natijaga erishdi.
Gap shundaki, “Aristokratlar” Evropaning eng nufuzli turnirlari — Chempionlar Ligasi, Evropa Ligasi va Konferentsiyalar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan birinchi va hozircha yagona klubga aylandi.
Ma’lumot uchun, London klubi APLning yakunlangan mavsumida 5-o‘rinni egalladi.
Fikrlar