
"Chelsi" "Inter" hujumchisi Lautaro Martinezni sotib olmoqchi
"Chelsi" Milanning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martinezni sotib olmoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Grem Potter rahbariyatdan ushbu transferni so‘ragan.
Milanliklar futbolchisi uchun 90 million evro talab qilmoqda. APL klubi ham bu summani to‘lashga tayyor.
Katta ehtimol bilan londonliklar "Inter"da ijara asosida to‘p tepayotgan Romelu Lukakuni ortga qaytarmaydi. "Aristokratlar" uning o‘rnini Martinez bilan to‘ldirishni maqsad qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Lautaro joriy mavsum A Seriyaning 11 o‘yinida 6 gol va 2 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar