"Chelsi" hujumchisini Bundesliga klubiga ijaraga bermoqchi

  • 10 iyul, 2023, 18:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yozda "Chelsi"ga o‘tgan Datro Fofana "Union Berlin"ga o‘tishi mumkin. Nemis klubi uni bir mavsumga ijaraga olmoqchi. Agarda tomonlar kelisha olsa, strayker bundesligaga yo‘l olishga tayyor. 

Tecno

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, mazkur transfer tez orada amalga oshadi. Shuningdek, shartnomada sotib olish sharti yo‘q bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Fofananing "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Londonliklar yangi hujumchi sotib olmoqchi, Bundan tashqari, yaqinda "Vilyarreal"dan Nikolas Jekson jamoaga kelib qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!