
"Chelsi" hech qaysi jamoaning qo‘lidan kelmagan ishni qiladi"
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning Konferentsiyalar ligasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
- Bizning klubimiz sovrinlar qo‘lga kiritishini xohlaydi. Bu biz uchun ahamiyatli, ammo klub va uning muxlislari uchun yanada muhimroq.
"Chelsi" barcha Evropa kubogida g‘alaba qozongan tarixdagi birinchi klubga aylanishi mumkin. Umid qilamanki, kelajakda biz boshqa turnirlarda ham qatnashishimiz mumkin, ammo hozirgi vaziyat shunday, - dedi "aristokratlar" bosh murabbiyi/
Ma’lumot uchun, London klubining yarim finaldagi raqibi Shvetsiyaning "Yurgorden" jamoasi hisoblanadi. Dastlabki uchrashuv "Chelsi"ning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi, javob o‘yini 8 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar