
"Chelsi" futbolchisini hamshahariga sotdi
Londonning "Chelsi" klubi 21 yoshli himoyachi Mark Gexi bilan xayrlashdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
21 yoshli futbolchi endi faoliyatini poytaxtning boshqa bir jamoasi - "Kristal Pelas"da davom ettiradi. U yangi jamoasi bilan 2026 yil yilning yoziga qadar tuzilgan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi.
Hozircha Markning transfer narxi rasman e’lon qilinmadi, ammo Transfermarkt portalining xabar berishicha, Gexining transferi “Kristal Pelas”ga 23,3 million evroga tushgan.
Ta’kidlash joizki, himoyachi so‘nggi bir yarim mavsumni "Suonsi" safida ijarada o‘tkazdi. Gexi uelsliklar bilan jami 59 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar