“Chelsi” bu “monstr” uchun pulni ayamaydigan bo‘ldi

  • 29 dekabr, 2022, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi mavsumlarda to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Chelsi” bu pozitsiyani yopish uchun munosib futbolchi qidiryapti.

Tecno

Hozir klub mutasaddilari “Milan” forvardi Rafael Leauga katta umid bilan qaramoqda. Milanliklar safini tark etishga tayyorlanayotgan portugaliyalik o‘yinchi uchun “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli hech qanday mablag‘ni ayamoqchi emas.

Leauning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq, 23 yoshli futbolchi yozda jamoasini almashtirishga tayyor va shuning uchun “Milan”ni yangi bitim borasidagi taklifini qabul qilmayapti.

“Milan” o‘z forvardini 100 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga sotib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!