
“Chelsi” bu futbolchi kerak emas!
“Chelsi” o‘yinini kuchaytira olgan bosh murabbiy Tomas Tuxel kelasi mavsumga tarkib tanlashga kirishib ketdi. Germaniyalik mutaxassis ayni paytda “Fulxem”da ijarada yurgan Ruben Loftus-Chikni ortga qaytarishga ko‘nmayapti.
Shu bois, klub mutasaddilari 25 yoshli angliyalik futbolchini transferga qo‘ymoqchi. Shunga qaramay, Rubenga o‘zini ko‘rsatish uchun bitta imkon berilib, u dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif qilinadi.
Transfer summasi 20 million evroga baholanayotgan futbolchiga ayni paytda Angliya premer-ligasining kamtar jamoalari – “Kristal Pelas”, “Sautgempton”, “Aston Villa” da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar