"Chelsi" braziliyalik yosh iqtidor bilan shartnoma imzoladi

  • 22 dekabr, 2022, 12:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Vasko da Gama"dan braziliyalik himoyachi Andre Santos bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano Tvitterda ma’lum qildi.

Tecno

"Aristokratlar" ayni dam u bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Santos 2004 yilda tug‘ilgan va yaqin orada jamoaga kelishi kutilmoqda.

Shartnomaning shaxsiy bandlari deyarli kelishib olindi, va muzokaralar yakuniy bosqichga kelgan", - deb yozdi Fabritsio Romano tvitterdagi sahifasida. 18 yoshli himoyachi Braziliya yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Angliya premer-ligasida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Grem Potter jamoasi 14 uchrashuvda 21 ochko to‘plagan. Jadvalda "Arsenal" 37 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!