Chavandozlarimiz Markaziy Osiyoda tengsiz

CHERY AUTO

Yaqinda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida yana bir yirik halqaro musobaqa tashkil etildi.

Tecno

Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi bosqichi Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslarida yurtimiz chavandozlari bilan bir qatorda qo‘shni Qozog‘iston va qirg‘izistonlik sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Uch kun davom etgan musobaqada hamyurtlarimiz ishonchni oqladi. Ayniqsa, bahslarda munosib qatnashgan 18 yoshli chavandozimiz Saidamirxon Turg‘unboev Xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajargani tahsinga loyiq.

Jahon kubogi bosqichining Gran-pri musobaqalari murosasiz kechdi. Unda omad hamyurtimiz Bekzod Qurbonovga kulib boqdi. Terma jamoamiz sardori va o‘zbek ot sporti faxri bo‘lmish G‘ayrat Nazarov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qirg‘izistonlik Kamil Sabitov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ot sporti bo‘yicha jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi ikkinchi bosqichi 24-26 may kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi uchinchi bosqich bellashuvlari esa sentyabr oyida qoldirildi. Bu bosqich bellashuvlariga Qozog‘istonning Olmaota shahri mezbonliq qiladi.

photo5353021400220281549

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!