“Charm to‘p” an’anaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichi qaerda o‘tkaziladi?

  • 2 avgust, 2022, 19:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligida yoshlar o‘rtasidagi an’anaviy “Charm to‘p” futbol musobaqasining Respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqani o‘tkazishga mas’ul vazirlik va idoralardan vakillar ishtirok etishdi.

Tecno

Kun tartibida musobaqalar o‘tadigan maydonlar hamda sport majmualarini belgilab olish va ularni kerakli sport anjomlari bilan jihozlash, bahslarga malakali hakamlarni biriktirib, turnirning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash, shuningdek, yosh iqtidor egalarini aniqlab, selektsiya ishlarini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

“Charm to‘p-2022” an’anaviy futbol musobaqasining Respublika bosqich o‘yinlari an’anaga ko‘ra “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda o‘tkaziladi. Ammo, hal qiluvchi final o‘yini boshqa stadionda tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!