
“Charm to‘p-2019”. Xovos tumanining “Ettiguzar” mahallasi ham kuchlilar qatorida
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor futbolchilardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Charm to‘p” an’anaviy respublika turnirining 3-bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa Xovos tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabining futbol maydonida o‘tkazildi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan kurashda “Navrozobod” (Yangier shahar), “Ettiguzar” (Xovos tumani), “Andijon” (Oqoltin tumani), “Bog‘iston” (Mirzaobod tumani mahallasi) yoshlariga omad kulib boqan edi.
Musobaqining birinchi o‘yini 3-o‘rin uchun bo‘lib o‘tdi. Unda “Andijon” (Oqoltin tumani) jamoasi “Navrozobod” (Yangier shahar) jamoasiga qarshi to‘p surdi va o‘yin vaqtida 1:1 natijasi saqlanib qolib g‘olib “Andijon” (Oqoltin tumani) jamoasi penaltilar hisobiga g‘alab qozondi.
Xamma intiqib kutgan hal qiluvchi final bahsida “Ettiguzar” (Xovos tumani) jamoasi va “Bog‘iston” (Mirzaobod tumani mahallasi) jamoalari to‘p surishdi. Musobaqa shiddatli va murosasiz bo‘lib o‘tdi. Assosiy vaqtning 17 daqiqasida “Ettiguzar” (Xovos tumani) jamoasi hujumchisi o‘yinni xal qiluvchi golni kiritib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Natijada, “Ettiguzar” jamoasi avgust oyining uchinchi o‘n kunligida poytaxtimizda o‘tkaziladigan “Charm to‘p-2019” turnirining yakuniy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. “Bog‘iston” (Mirzaobod tumani) mahallasi jamoasi shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, faxrli 3-o‘rin “Andijon” (Oqoltin tumani) mahallasi jamoasiga nasib etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalarga Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Xovos tuman hokimligi, Sirdaryo futbol assotsiatsiyasi tomonidan g‘oliblarga ajratilgan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Fikrlar