
Byorns: "Shavkat yirtqich, u Chimaevdan kuchli!"
UFCning yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasi Top jangchilardan biri Gilbert Byorns qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov haqida iliq fikrlar bildirdi.
"Shavkat yirtqich - u katta salohiyatga ega. Shavkat chempion bo‘lishi mumkin. Bu yigit zalda hammani maydalab tashlayotganiga hayron qolaman. Bizga tez-tez turli xil promoushenlar chempionlari kelishadi va ularning barchasi Shavkat tomonidan tor-mor etilgan. U haqiqatdan ham UFC kamarini qo‘lga kiritishga qodir. Men birga shug‘ullangan eng qattiq yigitlardan biri. U Chimaevdan kuchli",-dedi Byorns.
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni Shavkat Rahmonov "UFC 296" turnirida Stiven Tompson bilan jang qiladi.
Fikrlar