
"Buxoro"ning o‘rtoqlik o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum
Antaliyada yig‘inni boshlayotgan "Buxoro" klubi tayyorgarlik davomida bir necha jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi
Superliganing yangi mavsum ishtirokchisi quyidagi jamolarga qarshi nazorat o‘yinlarini o‘tkazadi.
1. "Balkani" (Kosovo). O‘tgan mavsum Kosovo chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritgan. Balkaniga qarshi o‘yin 2 fevral kuni 17:00 da boshlanadi.
2. "Samgurali" (Gruziya). O‘tgan mavsum ushbu jamoa 36-o‘yindan 44 ochko jamg‘argan holda Gruziya chempionatida 5- o‘rinni egallagan. "Samgurali"ga qarshi bellashuv 5- fevral kuni 17:00 da boshlanadi.
3. "Leningrates" (Rossiya). Ushbu jamoa o‘tgan mavsumda Rossiya chempionatining 2- ligasida 3-o‘rinni egallagan. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv 8 fevral kuni 17:00 da start oladi.
4. Shimoliy Koreya Milliy terma jamoasi. O‘rtoqlik o‘yinlaridagi eng jiddiy bahslardan biri tabiiyki shimolliklarga qarshi kechadi. Unda klubimiz Eron, Qatar, BAA kabi dunyoning nomdor termalariga munosib qarshilik ko‘rsatayotgan terma bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz Shimoliy Koreya jahon chempionati-2026 saralashining so‘nggi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhda ishtirok etmoqda.
5. "Ordabasi" (Qozog‘iston). 2023-yilgi mavsumda mamlakat chempioniga aylangan klub o‘zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish. Sababi, jamoada milliy terma jamoamizning bir qator futbolchilari to‘p tepgan. Chimkent jamoasi 2024 yilgi o‘yinlarda 4-o‘rinni egalladi. "Ordobasi"ga qarshi o‘yin 12 fevral kuni 17:00da boshlanadi.
Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi jamoamiz bugundan Tayyorgarlikning yakuniy bosqichidagi dastlabki mashg‘ulotini boshlaydi.
Fikrlar