
"Buxoro"ni asosiy futbolchilar tark etdi
Ulug‘bek Baqoev boshqaruvidagi "Buxoro" jamoasida o‘zgarishlar davom etadi. SPORTS.uzga ma’lum bo‘lishicha, jamoani Aleksandr Kasyan va Obid Jo‘raboev tark etdi.
Ayni damda, turnir jadvalini quyi pog‘onalarida borayotgan klub tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Kuni kecha xabar berganimizdek, tez orada Shohruz Norxonov "Buxoro" a’zosiga aylanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, 7 iyul sanasidan jamoa yig‘inga kirishadi. Ayni damda, Ulug‘bek Baqoev shogirdlari 13 o‘yinda 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar