
"Buxoro" yana bir o‘yin o‘tkazdi. Tarkibda esa yangi futbolchi bor
Toshkentda shug‘ullanayotgan “Buxoro” tarkibiga yaqinda yana bir futbolchi qo‘shildi. Oxirgi marta Tojikistonning “Xo‘jand” klubida to‘p surgan hamyurtimiz Sanjar Rixsiboev buxoroliklarning mashg‘ulotiga qo‘shildi. Bungacha “Bunyodkor” jamoasida ham to‘p surgan va ma’lum muddat ushbu jamoa yig‘inida ishtirok etgan yarim himoyachi endi o‘z omadini “Buxoro”dan izlab ko‘rmoqda.
Yaqinda buxoroliklar “Lokomotiv” o‘rinbosarlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgandi. Bugun ushbu jamoaning asosiy tarkibi bilan maydonga tushdi. Ushbu bahsda hisob ochilmadi – 0:0.
“Buxoro” tarkibi: Nikola Stoshich, Dmitro Sidorenko, Obid Jo‘raboev, Jasur Hasanov, Jamoliddin Ubaydullaev, Sardor Eminov, Anvar Jo‘raev, Rustam Abduhamidov, Oleg Marchuk, Sobit Sindarov, Ro‘zim Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Qobuljonov, Shoxjahon Nasimov, Mirjalol Jumaev, Sardor Izzatov, Shavkat Salomov, Suhrob Ne’matov, Sardor Mahmudov, Xurshid Olimov, Sanjar Rixsiboev.
Fikrlar