"Buxoro" qarzlaridan qutulmoqda

  • 9 mart, 2019, 11:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moldovalik futbolchilarga berari bor bo‘lgan klub, bir necha kun avval barcha qarzlaridan mosuvo bo‘ldi. Bu haqda PFL bosh direktori maslahatchisi - Diyor Imomxo‘jaev o‘zining "Telegram" messenjeridagi rasmiy kanalada ma’lum qildi.

Tecno

Birinchi navbatda Vadim Kravcheskuga 66 million so‘mga yaqin pul o‘tkazib berildi. Keyin esa Vitaliy Plamadela 72 million so‘mdan ko‘proq pulini qabul qilib oldi. Avvalroq jamoa Vadim Chemirtan muammosini ham hal qilishga erishgan edi.

Shu tariqa FIFAning “Buxoro”ga nisbatan e’tirozi qolmadi. Endi jamoa Superligada o‘ynayotgan uch futbolchi — Shavkat Mullajonov, Aziz Ibragimov, Arslonmurod Omonov bilan hisob-kitob qilishi kerak.

Imomxo‘jaevning yozishicha, bu ish PFL nazoratida turibdi. Klub yaqin orada bu qarzlaridan ham qutuladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!