Buuuuuuuum! "Paxtakor" braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 12 yanvar, 22:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi navbatdagi legioner futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi. 

Tecno

"Jonatan Lukka "Paxtakor"ning navbatdagi legioneri. 1994 yil Braziliyada tavallud topgan tayanch yarim himoyachi Portugaliya yuqori ligasidan O‘zbekiston chempionatiga keldi.

Futbolchi Portugaliya Primeyra ligasida jami 67 ta o‘yin o‘tkazgan. Ikkinchi Primeyrada esa 54 ta.  U ertangi mashg‘ulotlardan jamoamiz safiga qo‘shiladi. Bugun u bilan 2025 yilning so‘ngiga qadar mo‘ljallangan bir yillik shartnomaga imzo chekildi.

"Klubimiz raisining homiyligida safimizga tajribali futbolchilarni jalb qilishda davom etyapmiz. Aytib o‘tganimizdek, endigi navbat legionerlarga. Jonatan Pedru Moreyra bilan ishlagan. Shuning uchun bosh murabbiy uning xizmatidan foydalanishga qaror qildi.

Maqsad u orqali tarkibdagi aksar yosh futbolchilarga maydonda bilim berish. Bugungi o‘yin ham "Paxtakor" to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatdi deb o‘ylayman", - deydi Dilshod Karimov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!