
Butunjahon armiya o‘yinlari. Niyoz Po‘latovda ham bronza!
Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda.
-63 vazn toifasida Niyoz Po‘latov rossiyalik Janat Iskakovni 30:0 hisobida tor-mor etdi va bronza medaliga ega chiqdi.
Po‘latov ilk bosqichda qozog‘istonlik Islamgali Abuov, so‘ngra xitoylik Xairui Vangni, chorak finalda eronlik Kamron Mardanipurni mag‘lub etgandi. Yarim finalda frantsiyalik Dilan Chellamotoga yutqazib qo‘ydi va bronza medali uchun kurash olib bordi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar