
Butunjahon armiya o‘yinlari. Maftuna Ergasheva bronza medali uchun bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda. Bugungi kungi musobaqalarda to‘rt nafar taekvondochimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
-73 kg vazn toifasida Maftuna Ergasheva chorak finalda xitoylik Li Chenga yutqazib qo‘ydi. Bronza medali uchun jangda italiyalik Maristella Smiralyaga qarshi bahsda esa Ergashevaga omad etishmadi - 7:10.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar