
“Burger King” futbol orqali “Makdonalds”ni "sindirdi" (FOTO)
Kosta-Rikaning “Alaxuelense” klubi hujumchisi Jonatan Makdonald Burger King fast-fud restoranlari tarmog‘ini reklama aktsiyasida ishtirok etdi.
U chempionatning “Saprissa” klubiga qarshi bahsida egniga ismi o‘rniga “Burger King” deb yozilgan libosda maydonga tushdi. Ta’kidlash kerakki, “Burger King” “Alaxuelense” klubining homiysi hisoblanadi, “Makdonalds” esa bu borada ularning asosiy raqobatchisidir. Shu tariqa “Burger King” asosiy raqobatchisiga qarshi eng zo‘r marketingning usulini qo‘lladi.
Jonatan Makdonald joriy mavsum Kosta-Rika chempionatida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar