"Bunyodkor" rahbariyati biz bilan yangi shartnoma masalasida gaplashgani yo‘q - Lutfulla To‘raev klubdan ketadimi?

  • 21 dekabr, 2020, 16:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakuniga etgan chempionatda “Bunyodkor” 4-o‘rinni egallaganidan xabaringiz bor. Jamoa sardori Lutfulla To‘raevning joriy mavsumdagi statistikasi shunday bo‘ldiki, 25 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi va 1 ta assistentlik vazifasini bajardi. Shuningdek, 7 marta hakamlar tomonidan sariq kartochka ko‘rsatildi.

Tecno

E’tiborlisi, To‘raev tez orada erkin agentga aylanadi va 2021 yilni boshqa klubda davom ettirish niyatida yuribdi. Bu haqida u sports.uz muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi:

- “Bunyodkor” bilan tuzgan shartnomam 31 dekabrda tugaydi, hozir esa dam olyapman. Ha, takliflar bo‘lib turibdi. Ammo bu yil pandemiya sababli ancha qiyin bo‘ldi, mavsum ham 20 dekabrda tugadi, shuning uchun biroz futboldan uzoqlashdik. Shartnomam rasman tugaganidan so‘ng, boshqa klublarning takliflarini ko‘rib chiqamiz va yangi yildan keyin hammasini gaplashamiz. To‘g‘risi, hali “Bunyodkor” rahbariyati biz bilan yangi shartnoma masalasida gaplashgani yo‘q, - dedi To‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!