"Bunyodkor" o‘z safiga Italiyada o‘ynagan hujumchini qo‘shib olmoqda

  • 12 iyul, 2024, 13:11
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" o‘z tarkibiga albaniyalik hujumchi Luis Kachorrini qo‘shib olish arafasida turibdi. 

Tecno

Bizga ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli futbolchi Toshkentga etib kelgan va bugun tomonlar shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda. 

Kachorri haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, u asosan Italiya klublarida to‘p tepgan bo‘lib, faoliyati davomida "Karpi", "Fermana" va "Ligorna" kabi jamoalarda o‘ynagan. 

Luis yakuniga etgan mavsumni Albaniyaning "Dinamo Siti" klubida o‘tkazib, 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!