
"Buni murabbiy hal qiladi"
Ayni vaqtda "Nasaf" OChL guruh bosqich o‘yinlarida ishtirok etish uchun Saudiyaning Dammam shahrida bo‘lib turibdi. "Ajdarlar" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy muhim uchrashuvlar oldidan jamoaning tayyorgarligi qanday ketayotgani borasida fikr bildirdi.
- Tayyorgarlik ajoyib tarzda o‘tmoqda. Raqiblarning o‘yinlarini ko‘rib, o‘rganib chiqib, yaxshi natijalar ko‘rsatishga harakat qilamiz.
- Sherzod Nasrullaevning jarohati biz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Biroq Ro‘ziqul Berdiev unga o‘rinbosar topa oladi.
Uning o‘rniga kim maydonga tushadi deb o‘ylaysiz?
- Buni murabbiy hal qiladi.
"Al-Sadd" ishtirokidagi uchrashuvlari ko‘rdik. Ularda yaxshi futbolchilar bor. Raqibga o‘z kuchimizni ko‘rsatib qo‘yishga harakat qilamiz.
Fikrlar