
Bundesliga. "Xoffenxaym" darvozasiga 4 ta gol urgan "Bayer" peshqadamga aylanib oldi
Hozirgina Germaniya Bundesligasining 11-turidan o‘rin olgan “Bayer” hamda “Xoffenxaym” klublari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Leverkuzendagi o‘yin gollarga boy kechdi va yakunda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchdi. “Dorishunoslar”ga g‘alaba keltirgan gollarni Leon Beyli (4', 27'), Florian Virts (55') va Lukas Alario (90') kiritdi.
E’tiborlisi, “Bayer” ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolar sonini 25 taga etkazib oldi va chempionat peshqadamligini qo‘lga oldi.
Fikrlar