
Bundesliga. Mavsumning eng yaxshi 11 futbolchisi aniqlandi
"ESPN" nashri Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoa tuzdi. Unga ko‘ra, Germaniya vitse-chempionlari tarkibidan ramziy terma jamoaga himoyachilar Niko Shlotterbek va Rafael Gerreyro hamda yarim himoyachi Jud Bellingem kirdi.
O‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘n bir futbolchisining to‘liq ro‘yxati quyidagicha ko‘rinadi:
Darvozabon: Frederik Rennov ("Union")
Himoyachilar: Jeremi Frimpong (“Bayer”), Villi Orban (“Leyptsig”), Niko Shlotterbek, Rafael Gerreyro (“Borussiya" Dortmund);
Yarim himoyachilar: Mussa Diabi (“Bayer”), Jud Bellingem (“Borussiya” Dortmund), Joshua Kimmix, Serj Gnabri (“Bavariya”)
Hujumchilar: Kristofer Nkunku (“Leyptsig”), Randal Kolo-Muani (“Ayntraxt”).
Fikrlar