
Bundesliga. "Bavariya" yirik hisobda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida o‘z o‘rniga qaytib oldi
Bundesligada 22-turning markaziy bahsi "Bavariya" - "Union Berlin" uchrashuvi yaunglandi. Myunxeliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Dastlab, Shupo-Moting 31-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. 40-daqiqada Koman oradagi farqni ikkitaga etkazgan bo‘lsa, Musiala oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas hisobni yiriklashtirdi.
Shu tariqa, "Bavariya" turnir jadvalida yana birinchi o‘ringa qaytdi. Klub "Borussiya" Dortmund bilan bir hil 46 ochko to‘plagan holda bormoqda.
Fikrlar