
Bundesliga. "Bavariya" muhim bahsda g‘alaba qozonib, "Bayer" bilan oradagi farqni yanada yiriklashtirdi
Bundesliganing 28-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Kompani boshchiligidagi "Bavariya" "Augsburg" ustidan ishonchli 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Mazkur bellashuvning 30-daqiqasida Dimitris Yannulis mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib germaniyalik yarim himoyachi hisoblangan Jamal Musiala hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Xarri Keyn mavsumdagi 34-golini kiritishga erishdi. Shu bilan birga, qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida Krislen Matsima o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, nemisliklarning g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Muxlislar uchun afsuslanarli tomoni shuki, uchrashuv davomida Musiala jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jamal 5-6 hafta davomida jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
"Bavariya" bu g‘alaba orqali Xabi Alonsoning "Bayer"idan 9 ochko ilgarilab ketmoqda. Biroq, leverkuzenliklar bu turdagi o‘z uchrashuvini 5 aprel kuni "Xaydenxaym"ga qarshi o‘tkazishadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bavariya" 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi Chempionlar ligasining chorak final bahsida Milanning "Inter" klubi bilan to‘qnash keladi.
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum

Avgusburg
- Dimitris Giannoulis 30'

Bavariya
- Jamal Musiala 42'
- Harry Kane 60'
- Chrislain Matsima 90'
Fikrlar