
"Bunday bo‘lmasligi kerak" - Akanji "Siti" futbolchilaridagi muammoni aytdi
Manuel Akanji "Siti"ning "Everton" bilan uchrashuvdagi durang (1:1 natijasiga izoh berdi.
"Men durangni adolatli natija, deb hisoblamayman. Ko‘p vaziyatlar yaratdik. Afsuski, biz faqat bitta gol ura oldik va kutilmaganda gol o‘tkazib yubordik. Menimcha, biz uch yoki to‘rtta gol urishimiz kerak edi. Biroq to‘p shunchaki darvozaga kirishni istamadi.
"Biz hujum qilishga harakat qilamiz va keyin to‘pni yo‘qotamiz. Bunday bo‘lmasligi kerak. O‘yinda g‘alaba qozonishimizga so‘nggi daqiqalargacha ishonishimiz lozim", - dedi "shaharliklar" himoyachisi "Amazon Prime" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar