
Bundan ortiq haqorat bo‘lmaydi. Neymarning futbolkasiga oyoq artishyapti
Frantsiya chempionatidagi eng ashaddiy raqiblar – PSJ va “Marsel” uchrashuvida janjal kelib chiqdi. O‘sha vaziyatda Neymar raqib futbolchisi Alvaro Gonsalesning boshiga zarba berdi.
Frantsiya Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo‘mitasi vaziyatni o‘rganib chiqib, Neymarni ikkita uchrashuvga diskvalifikatsiya qildi.
Keyinroq, Neymar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Gonsalesni irqchilikda ayblab, yuziga musht tushirmaganidan afsusdaligini bildirdi. Hozir ham ushbu mash-masha muxlislar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.
Ish shu darajaga etdiki, “Marsel” klubining rasmiy do‘koni ostonasiga poyafzallarni tozalab kirish uchun Neymar nomi tushirilgan futbolka to‘shab qo‘yildi. “Marsel” muxlislar do‘konga ana shu futbolkaga oyoq artib kirmoqda.
Fikrlar