Bunaqada “Barsa”dan ketaman!

  • 26 may, 2022, 23:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning iste’dodli o‘yinchisi Gavi klub bilan yangi bitim tuzish fikridan qaytishga yaqin turibdi.

Tecno

Manbalarning xabar berishicha, tomonlar ko‘p masalalarda kelishuvga erishgan va yangi shartnomani imzolab, uni rasmiylashtirish qolgan xolos.

Biroq, Gavining agentlariga klubning o‘yinchiga bo‘lgan munosabati qoniqtirmayapti. Yangi shartnomani rasmiylashtirishda ishtirok etishi kerak bo‘lgan agentlar bir haftadan beri klub mutasaddilaridan shartnomaning imzolanadigan asl nushasini kutyapti.

Gavi bu jarayon cho‘zilib ketganidan norozi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum yakunlanadi. Bu o‘yinchiga “Chelsi” o‘z safidan joy berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!