
Buloqboshida besh tashabbus ijrosi amalga oshirilmoqda
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha respublikamizning barcha hududlarida sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Andijon viloyatining ham bir qator hududlarida sportning futbol, stol tennisi, voleybol hamda engil atletika turlari bo‘yicha turnirlar o‘tkazilishi an’anaga aylandi.
Jumladan, bugun Buloqboshi tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida engil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan “ Adolatli saylov, yangilanayotgan O‘zbekiston” shiori ostidagi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu BO‘SM birinchiligida 100 ga yaqin yosh iste’dod egalari ishtirok etdi.
Mazkur musobaqaning 100, 200, 400, 800 metrlarga yugurish bahslari juda qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga BO‘SM ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bosh xakam BO‘SM instruktor-metodisti Erkin G‘OZIMATOV
Fikrlar