Jurnalistlar do‘st bo‘lmaydi!

  • 23 sentabr, 2022, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarixidagi eng katta transfer egasi Jek Grilish britaniyalik jurnalistlar bilan munosabati haqida gapirdi.

Tecno

- Men ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan do‘stlashishni istamayman. Tabiiyki, menga tanqidlar qaerdan paydo bo‘layotganini bilaman. Mamlakatimiz jurnalistlari  o‘z  hamyurtlarini tanqid qilishga o‘ch, ayniqsa, bu futbolchi dunyoning eng kuchli klublaridan birida to‘p tepayotgan bo‘lsa.

Men nishonda turar ekanman, odamlar buni muhokama qilaveradi. Buni shundayligicha qabul qilishim kerak. Har doim o‘zimga shuni ta’kidlab kelaman, - dedi Jek Grilish.

“Manchester Siti” Angliyaning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan hisoblangan Jek Grilish uchun o‘tgan yili yozda “Aston Villa”ga 117,5 million evro to‘lagan edi. Yangi jamoa o‘tgan futbolchi kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!