Bular ortiqcha yuk! Xavi “Barsa”dan ketadiganlar ro‘yxatini e’lon qildi

  • 21 may, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi yozda tarkibni jiddiy tozalashga qaror qildi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis kelasi mavsum qaysi futbolchilar bilan ishlamasligini aniqlab oldi va klub mutasaddilariga transferga qo‘yiladiganlar ro‘yxatini berdi.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Xavi birinchi bo‘lib uch himoyachi – Oskar Minges, Riki Puch va Samyuel Umtiti bilan xayralashmoqchi. Shuningdek, hujumchi Martin Breytueyt ham o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.

23 yoshli Mingesa 26 ta uchrashuvda ikkita golli pas uzatdi. 22 yoshli Puch esa 17 ta bahsda bitta gol urdi. 28 yoshli Umtiti butun mavsum davomida bir marta ko‘rinish berdi. 30 yoshli Breytueyt beshta bellashuvda bir juft gol urgan bo‘lsada, Xavi unga boshqa imkon bermoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!