
Bugungi kunda shu uch futbolchidan zo‘ri yo‘q!
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ayni paytda jahon futbolida eng zo‘r futbolchilar kimligini aytdi.
Dushan Vlaxovich yosh yigit, shuning uchun xalqaro tajribasi unchalik katta emas. Lekin unda kerakli barcha xususiyatlarning bari mujassam. U o‘sishni istaydi va bunga qodir, oldinda hali vaqti ko‘p. Dushan raqib darvozasi qarshisida o‘zgacha ishtiyoq bilan harakat qiladi. “Yuventus” uchun bu juda muhim transfer bo‘ldi.
Vlaxovich, Kilian Mbappe va Erling Xoland hozirgi avlodning eng zo‘r futbolchilaridir, - dedi Massimiliano Allegri.
“Yuventus” qishki transferlar vaqtida Dushan Vlaxovichni “Fiorentina”dan xarid qildi. Yosh hujumchi turinliklar safida A Seriyada ettita o‘yinda to‘rtta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar