
Bugun yana bir legionerimiz faoliyat yuritadigan jamoa o‘ynaydi
Bugundan Rossiya chempionatida 10-tur bahslari start oladi. Kun doirasidan 4 o‘yin o‘rin olgan. Ular orasida biz uchun ahamiyatlisi hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p tepayotgan "Nijniy Novgorod" ishtirokidagi bellashuv.
"Nijniy Novgorod" safarda "Rubin" bilan kuch sinashadi. Mezbonlarni ayni payt Leonid Slutskiy boshqarmoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasi premer-ligada 9 o‘yinda 11 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. "Rubin" esa 14 ochko jamg‘argan holda 7-pog‘onani band etgan.
Fikrlar