Bugun Tedesko O‘runovni maydonga tushiradimi?

  • 29 noyabr, 2020, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida 16-tur uchrashuvilari davom ettiriladi. Biz uchun ahamiyatli o‘yin  “Spartak” va “Rotor” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ma’lumki, har ikki klubda o‘zbek futboliga begona bo‘lmagan hamyurtlarimiz bor. Ya’ni “Spartak”da Oston O‘runov o‘ynayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasida eng ko‘p gol urgan hujumchi Maksim Shatskix “Rotor”da katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Chempionatning qoq o‘rtasida musobaqa jadvalining yuqori qismida murakkab holat yuzaga kelgan. 16-uchrashuvida “Arsenal”ni enga olmagan “Zenit” 32 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. Biroq, piterliklardan bitta kam o‘yin o‘tkazib, bir xil ochkoga ega bo‘lgan TsSKA bugun navbatdagi bahsda mag‘lub bo‘lmasa, peshqadamlikni o‘z qo‘liga oladi. “Armiyachilar”ga oson bo‘lmasligi aniq. Chunki jamoa o‘z maydonida raqibni ayamaydigan “Rubin” mehmoni bo‘ladi.

“Zenit”ning ikki ochko yo‘qotgani “Spartak”ga qo‘l kelishi mumkin. Bugungi uchrashuvda g‘alaba qozongan taqdirdi O‘runov jamoasi ochkolar hisobida piterliklarga etib oladi va chempionlik uchun kurashda imkoniyatlar yana tenglashadi.

Hozircha, “Spartak” 29 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada turibdi. Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi “Rostov” 16-turda “Dinamo”ni 4:1 hisobida “er tishlatganidan” so‘ng, ochkolari sonini 29 taga etkazib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Agar bugungi o‘yinda “Spartak” ijobiy natija qayd etsa, “Rostov” bir pog‘ona pastlaydi.

Hozirgacha o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari va musobaqa jadvalidagi holatdan kelib chiqib, Maksim Shatskix jamoasi Milliy futbol ligasiga qaytib ketishga yaqin turibdi. Volgogradliklar chempionatning birinchi davrasida atigi 8 ochko jamg‘argan xolos. Maksim Shatskixdek hujumchining shogirdlari premer-ligada eng kam – ettita gol urgan jamoa hisoblanadi. Oxirgi o‘rindagi “Ufa” ham “Rotor”dan ko‘p to‘p kiritgan.

99573_680_2

Shunday bo‘lsa-da,  “Rotor” oxirgi o‘yinlarda vaziyatni o‘nglashga harakat qilyapti. So‘nggi to‘rtta uchrashuvda volgogradliklar faqatgina chempionlik uchun kurashayotgan TsSKAga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Yagona g‘alaba esa, Chempionlar ligasi ishtirokchisi “Lokomotiv” maydonida qo‘lga kiritildi. Yana ikkita uchrashuvda ular “Arsenal” va “Rotor” bilan durang o‘ynadi. Bir so‘z bilan aytganda, “Rotor” premer-ligada qolish ilinjida  ochko jamg‘arishga bel bog‘ladi.

Eslatib o‘tish joizki, jamoa quyi ligaga tushib ketsa, yana ortga qaytish qiyin bo‘ladi. O‘tgan gal “Rotor” premer-ligaga qaytish uchun 16 yil kurashgan. Shuncha mehnatdan keyin bir mavsumda yana pastga tushib qolish alamli bo‘ladi.

“Spartak” birinchi davra uchrashuvida “Rotor” maydonidan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan edi. Tabiiyki,  o‘z maydonida “spartakchilar”ni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Bosh murabbiy Domeniko Tedesko jarohat olgan Sobolev va diskvalifikatsiyaga uchragan Ayrtondan boshqa barcha futbolchilar uchrashuvga shayligini ma’lum qildi. Ayrtonning o‘rniga bir necha futbolchidan, xususan, Oston O‘runovdan ham foydalanishi mukinligini ta’kidladi.

- Mashg‘ulotlar jarayonida chap qanot himoyasidagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun  turli variantlarni sinab ko‘rdik. Bu pozitsiyada Oston O‘runov, Roman Zobnin, Andrey Eshchenko va Stepan Ogonesyan o‘ynay oladi, - dedi Tedesko.

1280_864_max (2)_3

Har ikki jamoa uchun muhim bo‘lgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.  

O‘runovning “tanka”sidan vakolatlar olindi. Endi nima bo‘ladi?

“Spartak” qishda Kral va Urunovni sotmoqchi. Klub ulardan birining narxini aytdi

O‘runov o‘ynayotgan tarkib dunyoda eng qimmatlar reytingiga kirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
29/11/2020 13:21
Узи бекор утди шу Спартакка
Кишда арендага берса яхши боларди бошка клубга