Bugun Shomurodov – Dzyuba dueli. Eldor so‘nggi o‘yinda gol ura oladimi?

  • 22 iyul, 2020, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer ligasining so‘nggi – 30 tur uchrashuvida “Rostov” o‘z maydonida muddatidan oldin chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan “Zenit”ni qabul qiladi.

Tecno

Ushbu uchrashuvga qiziqish juda katta. Bunga o‘ziga yarasha bir necha sabablar bor. Xususan, “Rostov” qariyb olti yildan beri o‘z maydonida piterliklarga yutqazmay kelmoqda. Qolaversa, rostovliklar birinchi davradagi dahshatli – 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat alamini olishga bel bog‘lagan.

Chempionat jamoaning hozirgi tarkibida ilgari “Rostov”da o‘ynagan to‘rt futbolchi bor. Bular himoyachi Igor Smolnikov, yarim himoyachi Aleksandr Eroxin va hujumchilar – Artyom Dzyuba bilan Sardor Azmun.

Shuningdek, biz uchun eng qizig‘i jamoalar to‘purarlari o‘rtasidagi duel. “Rostov”ning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov yarim yildan beri gol urolmayapti. “Zenit” vakillari Dzyuba va Azmunning o‘yini karantindan keyin yanada ochilib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, “Rostov” muxlislari Eldor Shomurodov chempion darvozasini ishg‘ol qilishi uchun qo‘shimcha motivatsiyalar etarli, degan umidda o‘zbek hujumchisidan bugun gol kutmoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
22/07/2020 19:17
Yuq urolmaydi sindi bu bola
Rustam Raxmatullaev
22/07/2020 10:51
Sport tv da olib beriladimi o'yin.
Nodirbek Nafasov
22/07/2020 10:16
Eldor omad