
Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, ayni vaqtda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Marokashdagi yig‘inda ishtirok etmoqda.
Bugun vakillarimiz xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Togoga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bellashuv 23:00da start oladi.
O‘yin Rabot shahridagi "Fath Union Sport" arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Quyida mazkur yig‘in uchun jalb etilgan futbolchilar bilan yana bir bor tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar