
Bugun Osiyoda JCh saralash o‘yinlari yakuniga etadi. Yana kimlar mundialga chiqish imkoniga ega?
Bugun Osiyoda Jahon chempionati saralash uchrashuvlarining so‘nggi turi bo‘lib o‘tadi. Unda ikki guruhda jami 6 ta uchrashuv o‘tkaziladi.
A guruhida BAA, Iroq va Livanda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, pley-off bosqichida ishtirok etishi mumkin. Hozirda BAA hisobida 9, Iroqda 8 va Livanda 6 ochko mavjud.
B guruhida Avstraliya 3-o‘rin masalasini hal qilgan. Jamoa hisobida 15 ochko bor. 4-o‘rindagi Ummon 11 ochkoga ega.
Fikrlar