
Bugun OChL va OFK Kubogiga qur’a tashlanadi
Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi va OFK kubogining 2021 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
OFK kubogi qur’a marosimi soat 11:30 da start olsa, "OChL-2021"ga qur’a tashlash marosimi soat 13:30 da boshlanadi.
Bu yil qit’a miqyosidagi xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini “Paxtakor” (Toshkent), AGMK (Olmaliq) va “Nasaf” (Qarshi) klublari himoya qilish imkoniyatiga ega.
“Paxtakor” to‘g‘ridan-to‘g‘ri qit’a Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan musobaqaga qo‘shilsa, olmaliqliklar pley-offda o‘z omadini sinab ko‘radi. AGMKning pley-offdagi natijasidan kelib chiqqan holda, “Nasaf” OFK kubogida qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Fikrlar