Bugun “Nasaf”ga Superliga-2023 kumush medallarini topshirish va yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi

  • 7 fevral, 2024, 20:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun “Mulla To‘ychi Toshmuhammedov” nomidagi Qashqadaryo viloyat Akademik-drama teatrida “Nasaf” jamoasiga tantanali ravishda Superliga-2023 kumush medallari topshirildi.

"Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, viloyat ahlini o‘tgan mavsumda jamoa tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tabrikladi va Qashqadaryo xalqi anchadan buyon sevimli jamoasining O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishni orzu qilayotgani va joriy yilda ushbu orzuni ushalishiga bor kuchi bilan harakat qilishimiz kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Jamoa oldidagi maqsad va vazifalarni bajarish uchun viloyat rahbariyati har qanday yordamni ayamasligini ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra klub prezidenti, “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” bosh direktori Shuhrat Aslanov so‘zga chiqib, “Nasaf” futbol klubi o‘tgan mavsumda katta hajmdagi ishni amalga oshirganini va jamoa bu bilan to‘xtab qolmasligini qayd etdi. Jamoa sovrinlardan tashqari futbolni ayollar, futzal, turli yoshdagi kichik terma jamoalar hamda O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga ham futbolchilarni etkazib beradigan katta mexanizmga aylanganini e’tirof etdi. Klub prezidenti jamoaning shu darajaga etishi uchun xizmat qilgan barcha ishchi-xodimlar, muxlislar, viloyat rahbariyati va “O‘zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Jamoa nomidan so‘zga chiqqan bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev yil davomida “Nasaf”ni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi va yangi mavsumda jamoa oldiga qo‘yilayotgan maqsad yo‘lida birlashib, viloyat ahli uzoq kutgan chempionlik uchun kurashishga va’da berdi.

Shundan so‘ng jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Viktor Da Silva, Zoran Marushich, Temur Chogadze, Igor Golban, Islom Kenjaboev, Sharof Muhitdinov, Bobir Abdixoliqov va Zafar Safarevlar muxlislarga tanishtirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нор Носиров
08/02/2024 15:09
БАЛЛИ НАСАФ Бобир Шароф Ислом Сизларга Офарин хуш келибсизлар уз уйларингга Кани йигитлар узларингни курсатиш вакти келди НАСАФ духини исботлаб беринглар укаларим биз сизлар бирга доим