
Bugun Mirjalol Qosimov va Ro‘ziqul Berdiev dueli bo‘lib o‘tadi. O‘yinni namoyish etadigan telekanal ham ma’lum
Bugun Superliga 3-turidan qoldirilgan uchrashuv o‘tkaziladi. Olmaliqda "Nasaf" mehmon bo‘ladi.
Mirjalol Qosimov va Ro‘ziqul Berdiev ishtirokidagi duel 20:00da boshlanadi. Uchrashuv "Sport" telekanalida namoyish etiladi.
Shuningdek, Bekobodda "Metallurg" - "Olimpik" bellashuvi o‘tkaziladi. Uchrashuv 19:00ga belgilangan. O‘yinni "Dunyo bo‘ylab" telekanali jonli efirda ko‘rsatadi.
Ayni payt AGMK turnir jadvalida 20 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Qarshiliklar esa 19 ochko jamg‘argan holda 6-pog‘onani band etgan. "Metallurg" 11 ochko bilan 12-o‘rinda, "Olimpik" ham shuncha ochkoga ega va Kapadze shogirdlari 11-pog‘onadi.
Fikrlar