
Bugun "Kopa Amerika" turniriga start beriladi!
Xabaringiz bor, bir necha kundan beri Evropa chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. "Ko‘hna qit’a"da futbol "qaynayotgan" bir paytda, Amerika jamoalari ham ichki birinchilikni boshlayapti.
Aniqroq qilib aytganda, bugun "Kopa Amerika" turniriga start beriladi. Braziliyada bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqaning ochilish o‘yinida mezbonlar Venesuelaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 14 iyun kuni 02:00 da boshlanadi.
Aynan Braziliya Amerika chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. "Pentakampeonlar" 2019 yilda o‘tkazilgan qit’a birinchiligi finalida Peru ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, mazkur turnir Argentina va Kolumbiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu davlatlar pandemiya tufayli musobaqani o‘zida qabul qilishni rad etgandi.
Fikrlar